Isi
Samarqandda ilk bor qurilayotgan 30 qavatli bino qurilishida kamchiliklar aniqlandi Samarqand shahrida qurilish ishlarining sifati va xavfsizligini nazorat qilish maqsadida hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi inspeksiyasi monitoring tadbirlari o‘tkazdi. Shu jarayonda shaharning “Baxtli hayot” mahallasi, Rudakiy ko‘chasi, 205-uy manzilida barpo etilayotgan 30 qavatli turar-joy binosi, mehmonxona va zamonaviy ko‘ngilochar savdo markazi qurilishi o‘rganildi. Monitoring davomida quyidagi kamchiliklar aniqlangan: 22–23-qavatlarga quyilgan betonning mustahkamligi bo‘yicha laboratoriya xulosalari taqdim etilmagan; Qurilish maydonida texnik nazorat ishlari o‘z vaqtida va lozim darajada tashkil etilmagan; ishchilar xavfsizligini ta’minlash uchun himoya to‘siqlari yetarli emas; Binolar konstruksiyasida ishlatilayotgan metall o‘zaklarga korroziyaga qarshi ishlov berilmagan, shuningdek, metall o‘zaklarni bog‘lovchi halqalarning oraliqlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga mos kelmaydi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qurilish ob’ektiga amaldagi me’yorlar va loyiha hujjatlari asosida bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube