Isi
General-mayor amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Toxir Aripov viloyatdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Ma’lum qilinishicha, jinoyatlar tarkibida ayniqsa kiberjinoyatlar keskin oshgan. 2025-yil davomida kiberjinoyatlar oqibatida fuqarolarga 49,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Amalga oshirilgan tezkor choralar natijasida ushbu mablag‘ning 8,2 mlrd so‘mi fuqarolarga qaytarilgan. Sessiya davomida 2025-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilinib, sohadagi dolzarb vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda Samarqand viloyatini jinoyat va huquqbuzarliklardan xoli hududga aylantirish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar va loyihalar yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube