TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3179

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,380Jumlah tampilan
Diposting9 Feb09/02/2026, 12.03
Isi postingan

Isi

Qo‘shrabotda kuchli shamol elektr ustunlarini ag‘dardi Samarqand viloyati Qo‘shrobod tumanining shimoliy qishloqlarida kuchli shamol aralash yomg‘irlar sabab turli talofatlar kuzatilmoqda. Bu haqda Uzb_Meteo xabar bermoqda. Qo‘shrobod tumanining Jo‘sh qishlog‘i hududlarida kuchli shamol elektr tayanch ustunlarini ag‘darayotgani bilan bog‘liq tasvirlar kelib tushgan. Aholining aytishicha, hududlarda tabiiy ofatlar sabab elektr energiya tarmoqlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Ma’lumot uchun, sinoptik ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Samarqandda havo bulutli bo‘lib, yengil yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik miqdori taxminan 5–10 mm atrofida bo‘lishi, shamol tezligi esa o‘rtacha 14 km/soat atrofida bo‘lishi prognoz qilingan. Ertaga ham asosan bulutli va yomg‘irli ob-havo saqlanishi, yog‘ingarchilik 5–10 mm atrofida bo‘lishi, shamol taxminan 11 km/soat atrofida esishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube