TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda erkak shifokorni urdi Samarqand shahridagi xususiy klinikalardan birida erkak shifokorga nisbatan zo‘ravonlik sodir etdi. Ma’lum qilinishicha, mojaro shifokor bemor va uning farzandidan navbatga rioya qilishni so‘raganidan so‘ng yuzaga kelgan. Hodisa 7-fevral kuni sodir bo‘lgan. Shifokor bosh va yuz qismidan jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganini, biroq dastlab gumonlilarga nisbatan choralar ko‘rilmagani haqida aytgan. Xabar e’lon qilingach, hujum qilgan shaxs shifokorga qo‘ng‘iroq qilib, uzr so‘ragani aytilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube