Isi
Samarqandda soliq organlari fuqarolar ma’lumotlarini tarqatayotgani aytilmoqda So‘nggi paytlarda soliq idoralari vakillari tomonidan fuqarolarning qarzdorligi haqidagi ma’lumotlar mahallalardagi Telegram guruhlariga joylanayotgani haqida murojaatlar ko‘paymoqda. Bu holat shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi masalasiga jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Qayt etish joiz, fuqaroning soliq qarzi va JShShIR ma’lumotlari shaxsiy ma’lumot hisoblanadi. Ularni uchinchi shaxslarga, ayniqsa ommaviy messenjer guruhlarida tarqatish “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid bo‘lishi mumkin. Shuningdek, Konstitutsiyada har bir fuqaroning shaxsiy hayoti daxlsizligi kafolatlangan. Qarzdorlikni omma oldida e’lon qilish esa fuqaroga nisbatan bosim o‘tkazish yoki sha’niga putur yetkazish sifatida baholanishi mumkin. Ma’lumot uchun, yaqinda 15 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga oid shaxsiy ma’lumotlar tarqalib ketgani haqidagi holat ham jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube