Isi
⚡️O‘rta tibbiyot xodimlari Saudiya Arabistoniga ishga yuboriladi Migratsiya agentligi Saudiya Arabistonidagi tibbiyot klinikalarida ishlash istagidagi yurtdoshlar uchun bepul tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Dastur doirasida “Medical English” hamda Prometric imtihoniga tayyorlov mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ma’lum qilinishicha, kurslarda oliy yoki o‘rta-maxsus hamshiralik yo‘nalishi bo‘yicha diplomga ega, kamida 2 yillik ish tajribasi mavjud hamda ingliz tilidan boshlang‘ich bilimga ega fuqarolar qatnashishi mumkin. Kurslar Samarqand shahrida tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun bepul ta’lim, yotoqxona, amaliy mashg‘ulotlar va moslashuvchan o‘quv grafigi taqdim etiladi. Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Saudiya Arabistonidagi nufuzli klinikalarga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/MqgWQPGJcmuHA3Uq5 Murojaat uchun: (+998) 66-233-24-00, 233-53-00 🔰Telegram | Instagram | You Tube