Isi
Samarqandda pora evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi Samarqand shahrida haydovchilik guvohnomasini pora evaziga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Ma’lum qilinishicha, avtomaktab xodimi va uning sherigi xizmat mavqeidan foydalanib, o‘quvchiga haydovchilik guvohnomasini 2 oy ichida olib berishni va’da qilgan. Ular guvohnoma olish uchun o‘qish shart emasligi, faqat fotosurat taqdim etish yetarli ekanini aytib, buning evaziga 25 million so‘m talab qilgan. Mazkur shaxslar kelishilgan pul mablag‘larini olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube