Isi
Samarqandda chiqindixona o‘rnida jamoat parki barpo etilmoqda Samarqand shahri Cho‘pon ota MFY hududida joylashgan 20,5 gektar yer maydoni bir necha yillar davomida tashlandiq holatda qolib, mahalliy aholi tomonidan noqonuniy chiqindixona sifatida foydalanib kelinayotgan edi. Hozirda mazkur hudud chiqindilardan tozalanib (koʻmilib), jamoat parki tashkil etilmoqda. Loyihaga ko‘ra, hududga 8 turdagi qimmatbaho manzarali daraxtlarning 8 ming tup ko‘chatlari ekiladi. Ko‘chatlar tomchilatib sug‘orish tizimi orqali parvarishlanadi. Shuningdek, park hududida piyodalar yo‘laklari, besetkalar, o‘rindiqlar hamda yoritish tizimlari o‘rnatilib, aholining dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Mazkur jamoat parki Samarqandga kirish yo‘nalishida chang va shovqinni kamaytirish, hudud mikroiqlimini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube