Isi
Samarqand bojxona boshqarmasi boshlig‘i nafaqaga kuzatildi Bojxona qo‘mitasi hamda Milliy gvardiya tizimida bir guruh xodimlar nafaqaga kuzatildi. Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i Tolibjon Saidov, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Yoqub Mirzarahimov hamda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A. Inyaminov pensiyaga chiqarildi. Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida polkovnik Ilhom Turg‘unov, polkovnik Zokirali Chinaliyev, polkovnik Xondamir Rahmonov va polkovnik Serik Xabibullayevlar nafaqaga kuzatilib, ular bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazildi. Avvalroq Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev rahbarligida prokuratura organlarida ko‘p yillar davomida xizmat qilgan bir guruh xodimlar ham nafaqaga kuzatilgan edi. Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida huquq-tartibot tizimida xizmat yoshi masalasini tanqid qilib, nafaqa yoshidan keyin ham rahbarlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlar masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube