Isi
Payariqda 11 ta metan zapravkada narx asossiz oshirilgani aniqlandi Payariq tumani hududidagi 11 ta metan yoqilg‘i quyish shoxobchasi egalari tomonidan narxlar asossiz ravishda oshirilgani aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Boboxon Toyirov matbuot anjumanida ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2025-yilda o‘tkazilgan 119 ta nazorat xaridining 76 tasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Mazkur shoxobcha egalari va mas’ullarga nisbatan moliyaviy hamda ma’muriy choralar qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube