Isi
Noqonuniy daraxt kesgan fuqaro 27 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan reyd davomida daraxtlarni noqonuniy kesish holati aniqlandi. Kattaqo‘rg‘on tuman Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan Yonboshsoy MFY hududida olib borilgan nazorat tadbirida mahallada yashovchi fuqaro tomonidan 1 tup tol va 4 tup terak daraxti ruxsatsiz kesib olingani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Unga BHMning 25 barobari miqdorida jarima qo‘llanildi. Bundan tashqari, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun 17 304 000 so‘m hisoblandi. Umumiy jarima miqdori 27 million so‘mdan oshdi. Ma’lumot uchun hozirda respublikada davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesishga moratoriy amal qilmoqda. Tegishli ruxsatsiz daraxt kesish qat’iyan man etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube