TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3224

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,160Jumlah tampilan
Diposting22 Feb22/02/2026, 15.53
Isi postingan

Isi

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tergov hibsxonasida saqlanayotgan fuqaro vafot etdi 21-fevral kuni soat 17:35 lar atrofida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli tergov hibsxonasida saqlanayotgan 1991-yilda tug‘ilgan fuqaro X.Q.ning sog‘ligi yomonlashgan. U Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan ayblanib qamoqqa olingan bo‘lgan. Fuqaro Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga olib borilayotgan vaqtda, shu kuni soat 18:00 larda vafot etgan. Dastlabki sud-tibbiy xulosaga ko‘ra, o‘lim sababi 2-tip qandli diabetning og‘ir asoratlari ekani aniqlangan. Tanada jarohat izlari topilmagan. Ma’lumot uchun, 18-fevral kuni ham ayblanuvchi sog‘ligi sabab shifoxonaga olib chiqilgan, yaqinlariga xabar berilgan va qo‘shimcha uchrashuv tashkil etilgan. Zarur muolajalardan so‘ng 20-fevral kuni shifokorlar xulosasiga ko‘ra sog‘ligi qoniqarli deb topilib, hibsxonaga qaytarilgan. Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube