Isi
Urgutda 5 ta bozorda yashirin iqtisodiyot fosh etildi Davlat rahbari topshirig‘i asosida yashirin iqtisodiyotga qarshi tizimli xatlov ishlari doirasida Urgut tumanidagi 5 ta bozor va savdo kompleksida o‘rganishlar olib borildi. Dastlabki tekshiruvlarda 250 ta holatda onlayn nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalisiz savdo amalga oshirilayotgani, 220 ta savdo nuqtasida QR-kod mavjud emasligi, 158 ta ijara shartnomasi rasmiylashtirilmagani hamda 415 ta holatda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati olib borilayotgani aniqlangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 234 ta tadbirkorlik subyekti onlayn nazorat-kassa mashinasi va terminal bilan to‘liq jihozlanib, 204 tasi QR-kod tizimiga ulangan. Shuningdek 78 ta ijara shartnomasi rasmiylashtirilgan va 107 nafar fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Nazorat tadbirlari davom etmoqda, deyiladi Davlat soliq qoʻmitasi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube