Isi
Payariqda 10,5 yilga qamalgan sobiq IIB xodimi oqlandi Sud hujjatlariga ko‘ra, S.S. avval Payariq tumani IIBda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori lavozimida ishlagan. Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudining 2012-yil 23-avgustdagi hukmi bilan u Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “b” bandi (pora olish) va 241-1-moddasi 1-qismi (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki yashirish) bilan 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. 2024-yil 2-dekabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasi mazkur hukmni bekor qilib, S.S.ni aybsiz deb topdi. Unga qo‘yilgan ayblovlar tasdiqlanmagani sababli reabilitatsiya qilinib, jinoyat ishining unga oid qismi tugatilgan. Oqlovdan so‘ng S.S. yetkazilgan mulkiy zararni undirishni so‘rab murojaat qilgan. Samarqand viloyat sudi arizani qisman qanoatlantirib, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi ma’lumotiga asosan 2012-yil iyundan 2024-yil 2-dekabrgacha to‘lanishi lozim bo‘lgan ish haqi — 357 255 403 so‘mni (soliqlar chegirilgan holda) undirishni belgiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube