TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3230

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,340Jumlah tampilan
Diposting23 Feb23/02/2026, 16.05
Isi postingan

Isi

Rossiyada yosh bola hayotini saqlab qolgan yurtdoshimiz davlat mukofoti bilan taqdirlandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida yuz bergan favqulodda vaziyatda ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qolgani uchun Ibadullayev Xayrullo Saydullayevich «Jasorat» medali bilan mukofotlandi. Farmonda qayd etilishicha, u murakkab va xavfli sharoitda o‘z joni hamda salomatligini xavf ostiga qo‘ygan holda, yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini namoyon etgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube