TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3239

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,310Jumlah tampilan
Diposting27 Feb27/02/2026, 11.32
Isi postingan

Isi

Samarqandda 17 000$ evaziga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik holati aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro X.K. fuqaro F.K.ning ishonchiga kirib, uni 17 000 AQSH dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan. U oldindan bo‘nak sifatida 7 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube