Isi
Samarqandda tuman hokimlari xizmat safariga yaqinlarini yuborgani tasdiqlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Samarqand viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlarda Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimliklarida xorijiy xizmat safarlarini rasmiylashtirishda qoidabuzarliklar aniqladi. Qo‘shrabotda Xitoyga yuborilgan delegatsiya tarkibiga safar maqsadiga aloqador bo‘lmagan shaxslar, jumladan, hokimning yaqinlari va haydovchisi kiritilgani ma’lum bo‘ldi. Ayrim shaxslar asossiz ravishda ro‘yxatga qo‘shilgani ham aniqlangan. Kattaqo‘rg‘onda ham XXRga xizmat safariga maqsadga daxldor bo‘lmagan xodim yuborilgani qayd etildi. Shuningdek, xizmat safarlari haqidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinmagani aniqlangan. Hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Eslatib o‘tamiz, mazkur holatlar yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati avvalroq bu ma’lumotlarni rad etib kelayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube