TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3256

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,260Jumlah tampilan
Diposting4 Mar04/03/2026, 04.55
Isi postingan

Isi

Jinsiy jinoyatlar bo‘yicha tergov vakolati prokuraturaga o‘tkazilmoqda 2026-yil 1-noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-modda (nomusga tegish), 119-modda (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish), 121-modda (shaxsni jinsiy aloqaga majbur etish), 128-modda (16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish), 128-1-modda (16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatlik yoki boshqa manfaat evaziga jinsiy aloqa qilish), 129-modda (16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuqi harakatlar qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov faqat prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu tartib Prezident farmoni bilan belgilandi. Ma’lumot uchun, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 345-moddasiga ko‘ra, yuqoridagi toifadagi jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan olib borilar edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube