Isi
Toshkent – Samarqand o‘rtasida yangi zamonaviy avtomagistral quriladi Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi avtomagistralning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, yo‘lning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Shundan 140 kilometr qismida tuproqni mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Magistral qurilishi doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik hamda 16 ta yo‘l o‘tkazgich barpo etilishi rejalashtirilgan. Besh yil davomida qurilishi ko‘zda tutilgan ushbu yo‘l Ia toifali, ya’ni avtomobil yo‘llari uchun eng yuqori texnik va xavfsizlik standartlariga javob beradigan magistral bo‘ladi. Unda har biri 3,75 metr kenglikdagi sement-beton qoplamali 6 ta harakat tasmasi barpo etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube