TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3264

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,150Jumlah tampilan
Diposting6 Mar06/03/2026, 05.02
Isi postingan

Isi

Pastdargʻom tumanida sudya pora bilan ushlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Prokuratura organlari hamda Sudyalarning oliy kengashi bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqarolik ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudi sudyasi pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Maʼlum boʻlishicha, sudya aliment masalasi boʻyicha ko‘rilayotgan ishni daʼvogarning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan. Hozirda sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube