TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
❄️9–12 mart kunlari sovuq va nam havo kirib keladi O‘zgidromet respublika hududiga 9–12 mart kunlari sovuq va nam havo oqimlari kirib kelishi bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, 9–11 mart kunlari respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda harorat —10 darajagacha, boshqa joylarda esa —3 darajagacha tushishi mumkin. Kunduz kunlari ham harorat nol daraja atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, nam havo oqimlari kirib kelishi bilan ayrim joylarda shamol tezligi soniyasiga 25 metrgacha kuchayishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube