TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Turkiyada samarqandlik ayol qotillik qurboni bo‘ldi Turkiyaning Balikesir viloyati Burhoniya tumanidagi bo‘sh yer maydonidan samarqandlik 46 yoshli Dilafruz Cho‘lliyevaning jasadi topildi. Ma’lum qilinishicha, u ishlash maqsadida Turkiyaga borib, keksa va bemor kishini parvarish qilgan. Ayol 21-yanvar kuni bozorga chiqish uchun ruxsat olib, uyidan chiqib ketgan va shundan so‘ng bedarak yo‘qolgan. Uning jasadi 2-mart kuni topilgan. Hozirda jasadni O‘zbekistonga yuborish hamda zarur ma’muriy-huquqiy jarayonlar Bosh konsullik tomonidan muvofiqlashtirilmoqda. Qotillikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, ular O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube