TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3267

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,250Jumlah tampilan
Diposting6 Mar06/03/2026, 11.16
Isi postingan

Isi

Toyloqda 440 mln so‘mlik qalbaki alkogol savdosining oldi olindi Samarqand viloyatida katta miqdordagi qalbaki alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.F.ga tegishli omborxonada qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari saqlanayotgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, omborxonada sotish maqsadida saqlab kelingan, umumiy qiymati qariyb 440 mln so‘m bo‘lgan 86 turdagi jami 16 960 dona alkogol mahsulotlari borligi aniqlanib, ular ashyo dalili sifatida rasmiylashtirib olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube