TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3270

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,130Jumlah tampilan
Diposting9 Mar09/03/2026, 07.13
Isi postingan

Isi

Pastdarg‘omda kadastr muhandisi 2,5 ming dollar pora bilan ushlandi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati boshqarmasi Pastdarg‘om tuman filiali kadastr muhandisi pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, u o‘zining vakolatli tanishlari orqali mahalliy fuqaroga tegishli 2 sotix yer maydonining kadastr pasportini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish evaziga 2,5 ming AQSH dollari talab qilib, ushbu pulni olayotgan vaqtida ushlangan. Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube