Isi
⚡️Texnikum o‘qituvchilari va xodimlariga 200 foizgacha ustama to‘lanadi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-fevraldagi VMQ-51-son qarori bilan xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan texnikum xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tartibi tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra: 100 foizlik ustama — xalqaro ta’lim dasturlariga jalb qilingan direktor, bosh buxgalter, o‘qituvchilar hamda ishlab chiqarish ustalariga har oy majburiy ustama to‘lanadi. Rag‘batlantirish jamg‘armasi — mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida maxsus jamg‘arma tashkil etiladi. Natijaga qarab mukofot — yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan pedagoglarga bazaviy stavkasiga nisbatan 200 foizgacha qo‘shimcha rag‘bat puli berilishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube