TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3286

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,150Jumlah tampilan
Diposting10 Mar10/03/2026, 14.52
Isi postingan

Isi

Samarqandda oqova suv tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati aniqlandi Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Samarqand shahrining “Kulollar” mahallasida yashovchi fuqaro oqova suv tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, undan noqonuniy foydalanganligi aniqladi. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 163¹-moddasiga asosan 2 million 60 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish qonunchilikka ko‘ra taqiqlangan. Nazorat tadbirlari viloyat hududlarida davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube