TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqand viloyat sudining yangi raisi tanishtirildi Samarqand viloyati sudida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Baxtiyor Islamov va Samarqand viloyat hokimi Adiz Boboyev hamda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan sud raislari va sudyalar ishtirok etdi. Prezidentimizning 2026-yil 3-martdagi farmoyishi bilan Dilshod Rajabov Samarqand viloyat sudi raisi lavozimiga tayinlandi. Yig‘ilishda yangi tayinlangan viloyat sudi raisi jamoaga tanishtirilgan. Ma’lumot uchun D.Rajabov ushbu lavozimga 5 yil muddatga, sudyalik vakolati doirasida tayinlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube