Isi
Samarqandda erkak xotinining o‘limiga sabab bo‘lgani uchun 6 yilga qamaldi Sud hujjatlariga koʻra 2025-yil 29-avgust kuni er-xotin dala ishlaridan qaytgach, ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Nizo paytida erkak qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan turmush o‘rtog‘ining bo‘yin qismiga zarba bergan. Jabrlanuvchi zudlik bilan tuman shifoxonasiga olib borilgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizaga ko‘ra, ayolning o‘limiga kuchli qon yo‘qotish va travmatik shok sabab bo‘lgan. Sud jarayonida erkak aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Uning harakatlari Jinoyat kodeksining 126¹-moddasi (o‘limga sabab bo‘lgan oilaviy zo‘ravonlik) bilan malakalangan. 2026-yil 17-fevral kuni sud hukmi bilan u 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazo tayinlashda sudlanuvchining muqaddam sudlanmagani, aybiga iqror bo‘lgani hamda uning to‘rt nafar farzandi borligi inobatga olingan. Shuningdek, marhumaning onasi suddan kuyoviga nisbatan qat’iy jazo tayinlamaslikni so‘ragan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube