TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3293

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,530Jumlah tampilan
Diposting12 Mar12/03/2026, 02.35
Isi postingan

Isi

“Dinamo” futbolchilariga 3 oydan beri maosh berilmagani aytildi Superliga 2-turi doirasida o‘tkazilgan “Bunyodkor” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida “Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramov jamoada moliyaviy muammolar mavjudligini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa futbolchilari dekabr, yanvar va fevral oylari uchun hali ham maosh olmagan. Murabbiy bunday sharoitda futbolchilarni o‘yinlarga tayyorlash va ruhlantirish qiyin kechayotganini ta’kidladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqanddagi stadion Ichki ishlar vazirligi huzuridagi “Dinamo” sport jamiyati balansida bo‘lib, klub ushbu stadiondan ijarachi sifatida foydalanadi. Shu sababli stadionda sotiladigan chiptalar va abonementlardan tushgan mablag‘lar ham klub hisobiga emas, stadion hisobiga tushadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube