TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3299

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,290Jumlah tampilan
Diposting16 Mar16/03/2026, 10.37
Isi postingan

Isi

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish boshlandi Prezidentning 2026-yil 24-fevraldagi 29-sonli Farmoniga muvofiq, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish 16-mart kuni soat 09:00 dan boshlab boshlandi. Arizalar qabuli 1-dekabrga qadar davom etadi. Fuqarolar arizalarni: — Davlat xizmatlari markazlari orqali borib; — yoki my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda topshirishlari mumkin. Subsidiya orqali uy-joy olishni istagan talabgorlar uchun asosiy talablardan biri — o‘rtacha oylik daromad me’yori hisoblanadi. Unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha; Toshkent shahrida — 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha bo‘lishi kerak. 🔰Telegram | Instagram | You Tube