TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3300

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,130Jumlah tampilan
Diposting16 Mar16/03/2026, 12.42
Isi postingan

Isi

Narpayda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi. Xususan, fuqaro B.A. 100 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaroga 200 AQSH dollari va 500 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Undan yana 81 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi. Shuningdek, fuqaro N.T. 50 dona “Gabaten” va 150 dona “Andipal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaroga 600 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube