TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Oqdaryo tumani prokurori yangi lavozimga tayinlandi Oqdaryo tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Norsuluv Soyipova boshqa ishga o‘tdi. U lavozimi oshirilib, Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Ma’lumot uchun, Norsuluv Soyipova 1979-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U shu hududda maktabda tahsil olgan va keyinchalik Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Shuningdek, uning ukasi — B. Soyipov ham prokuratura tizimida yuqori lavozimda faoliyat yuritmoqda. U hozirda Qashqadaryo viloyati prokurori hisoblanadi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube