TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3307

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,120Jumlah tampilan
Diposting18 Mar18/03/2026, 10.01
Isi postingan

Isi

Prezident yangi tez yurar poyezdda Narpayga bordi Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi “Hyundai Rotem” yuqori tezlikdagi poyezdda Samarqanddan Narpay tumaniga tashrif buyurdi. “Jaloliddin Manguberdi” nomli ushbu zamonaviy poyezd soatiga 260 km tezlikda harakatlana oladi. 7 vagondan iborat tarkib 390 nafarga yaqin yo‘lovchini (VIP, biznes va ekonom) sig‘dira oladi. U O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan bo‘lib, chang, issiq va sovuqqa chidamli. Yaqin kunlarda poyezd Toshkent–Urganch–Xiva yo‘nalishida qatnay boshlaydi. Safar vaqti 7 soat atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tashrif davomida davlat rahbari Narpayda gidroponika asosida faoliyat yuritayotgan qulupnay issiqxonasi bilan tanishdi. 650 ming dollarlik loyiha doirasida 1 gektarda barpo etilgan issiqxonada yiliga 50 tonna qulupnay yetishtirilmoqda. Mahsulotlar “Narpay qulupnaylari” brendi ostida ichki bozorlarga yetkazib berilmoqda. Gidroponika usuli suvni 80 foizgacha tejaydi, hosildorlikni oshiradi va ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonini beradi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube