TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandda 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda yirik miqdordagi narkotiklar qo‘lga olindi. Urgut tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro Tojikistonning Panjikent hududidan noqonuniy yo‘l bilan 14,7 kg opiy va 14,9 kg gashish olib kirayotganda ushlangan. Yana bir holatda, Samarqand shahri “Orzu” MFYdagi garajdan maxsus yashirilgan joydan 9 kg opiy ekstraksiyasi topilgan. Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube