Isi
Samarqandda ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi Samarqand shahrida ertaga — 21-mart kuni Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan, tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. 📍Cheklovlar quyidagi hududlarda 21-mart kuni soat 08:00 dan tadbirlar yakunlangunga qadar amal qiladi: — Abdurahmon Jomiy ko‘chasi: Universitet xiyoboni kesishmasidan O‘zbekiston ko‘chasi tutashmasigacha — Bobur Mirzo ko‘chasi: Abdurahmon Jomiy ko‘chasidan Rim ko‘chasigacha Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlari so‘raladi, deyiladi Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmati xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube