TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandning 5 ta tumanida yangi tez tibbiy yordam stansiyalari ish boshladi Samarqand viloyatida aholiga tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash maqsadida yangi infratuzilma ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Respublika tez tibbiy yordam markazi viloyat filialiga qarashli Nurobod, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Oqdaryo va Urgut tumanlarida zamonaviy tez tibbiy yordam stansiyalari ish boshladi. Ushbu binolar 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, har biri zamonaviy talablarga javob beradigan ikki qavatli inshootlardan iborat. 🔰Telegram | Instagram | You Tube