TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Urgutda maktab o‘quvchisi Gentra’da 5 yoshli qizchani urib, qochib ketdi Urgut tumanida Gentra haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli qizchani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Hodisa 22-mart kuni “Chorchinor” mahallasidagi ichki yo‘lda sodir bo‘lgan. Jabrlangan qizcha shifoxonaga olib borilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida haydovchi va avtomobil topildi. Ma’lum bo‘lishicha, mashinani 11-sinf o‘quvchisi ota-onasining ruxsatisiz boshqargan. Holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube