TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
💵Samarqandda “valyutchik” qo‘lga olindi Samarqand shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro 4 938 AQSh dollarini 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan. Undan 2 359 AQSh dollari, 139 455 Rossiya rubli, 2 650 Tojikiston somoni, 2 110 Isroil shekeli, 2 000 Qozog‘iston tengesi, 5 BAA dirhami, 79,2 mln so‘m pul hamda pul sanash apparati ashyoviy dalil sifatida olingan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-177-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube