TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3335

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan979Jumlah tampilan
Diposting29 Mar29/03/2026, 09.10
Isi postingan

Isi

Taniqli jurnalist Karim Bahriev vafot etdi Ustoz jurnalist, yozuvchi, tarjimon, sobiq deputat va siyosatchi Karim Bahriev 64 yoshida vafot etdi. U bir muddat avval insult sabab shifoxonaga yotqizilgan edi. Karim Bahriev 1962-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti hamda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. U faoliyati davomida “Hurriyat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Ma’rifat” gazetalarida, shuningdek “Jahon adabiyoti” va “Dugonalar” jurnallarida ishlagan. Uning “Sabr kosasining siniq­lari”, “Tomchidil” she’riy to‘plamlari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyati”, “OAV faoliyatining huquqiy asoslari”, “Haqiqat talabgori­miz”, “So‘z erkinligi haqida so‘z” kabi asarlari chop etilgan. Shuningdek, “Media huquqi” darsligi hamda “OAV qonunchiligidan 100 savolga 100 javob” qo‘llanmasi muallifi edi. Karim Bahriev ko‘plab xorijiy adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. U turli yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi huzuridagi “Meros-news” axborot xizmatiga rahbarlik qilgan, shuningdek Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida faoliyat yuritgan. 1992-2006-va 2011-yillarda “Mustaqillik” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube