Isi
Sobiq tuman hokimi Samarqand statistika tizimiga rahbar bo‘ldi Qudratov Sherzod Asatovich Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tegishli buyruq O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan 2026-yil 30-mart kuni imzolangan. U 1984-yil 22-iyunda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Toshkent moliya institutini “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2002–2004-yillarda Samarqand viloyati qurilish va qurilish ashyolari kasaba uyushmasida yo‘riqchi sifatida boshlagan. Keyinchalik moliya tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. Qudratov joriy yil fevral oyiga qadar Oqdaryo tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube