TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Isi postingan
Isi
Samarqandlik shaxs Xorazmda yirik miqdordagi giyohvand modda bilan ushlandi “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX, bojxona hamda ichki ishlar organlari hamkorligida Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Uning yonidagi yuk sumkasi tekshirilganda, payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan 1 kg 460 gr geroin va 27 gr opiy borligi aniqlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha tezkor harakatlar davom etmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube