Isi
Urgutdagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi mushtlashdi Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanidagi 2-umumta’lim maktabida direktor o‘rinbosari tomonidan o‘quvchiga nisbatan zo‘ravonlik qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu holat bugun maktabning 1-navbatida, 6-soatdan so‘ng ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida sodir bo‘lgan. Ayni vaqtda mazkur holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda. Mazkur voqea yuzasidan ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, holat atroflicha o‘rganiladi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi ma’lum qilingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube