Isi
Davlat tiliga e’tibor qani? Samarqand shahri markazida, Samarkand City turar joy majmuasi hududida barpo etilgan va yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan savdo markazida tashqi yozuvlarning davlat tili talablariga mos kelmayapti. Xususan, peshlavhada “Tez kunda” iborasi o‘rniga faqat “Coming soon” jumlasi aks ettirilgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida Qonunining 20-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha peshlavha, reklama, e’lon va boshqa tashqi yozuvlar avvalo davlat tilida rasmiylashtirilishi shart. Boshqa tillardan foydalanish mumkin, biroq ular davlat tilidagi matn bilan birga yoki undan keyin berilishi lozim. Shu nuqtai nazardan, mazkur holat amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi. Ma’lumot uchun bunday qoidabuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik choralarining qo‘llanishi mumkin. 🔰Telegram | Instagram | You Tube