TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3352

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,030Jumlah tampilan
Diposting2 Apr02/04/2026, 13.33
Isi postingan

Isi

Jomboy tumanida 6,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi “Hududgazta’minot” AJ Metrologik ta’minot boshqarmasi, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Sh.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida (AGTKSh) tekshiruv o‘tkazildi. O‘rganish davomida shoxobchada loyiha-texnik hujjatlarda nazarda tutilmagan qo‘shimcha kompressor o‘rnatilgani hamda hisoblagichning ruxsat etilgan maksimal o‘lchash chegarasidan chetga chiqilgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan. Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 6 milliard 480 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani qayd etildi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube