TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3358

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan1,060Jumlah tampilan
Diposting4 Apr04/04/2026, 02.05
Isi postingan

Isi

Samarqanddagi bankdan 1 mlrd 250 mln so‘m kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda poytaxtdagi nufuzli tijorat banklaridan birining katta eksperti MCHJ rahbaridan 10 ming AQSH dollarini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u tanishlari orqali Samarqand viloyatidagi banklardan biridan 1 mlrd 250 mln so‘m kredit olib berishni va’da qilgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube