Isi
🚬Endi chekish va daraxt kesganlik uchun Qo‘riqlash xodimlari ham jarima soladi Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Qo‘riqlash faoliyati samaradorligini oshirish”ga qaratilgan qonun ma’qullandi. Unga ko‘ra, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish vakolati IIV huzuridagi Qo‘riqlash departamenti xodimlariga o‘tkazilmoqda. Endilikda ular: — jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, — noqonuniy ov qilish, — daraxtlarni kesish va boshqa ekologik qoidabuzarliklar yuzasidan choralar ko‘rishi mumkin. Shuningdek, qonun bilan texnik qo‘riqlash vositalarini loyihalash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat berish vakolati IIVga o‘tkazilmoqda hamda tadbirkorlar uchun xabardor qilish tartibi joriy etiladi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube