Isi
Samarqandda qurilishda tuproq bosib qolgan fuqaro qutqarib olindi Kecha, 8-aprel kuni soat taxminan 18:00 da Samarqand shahridagi “Oltin asr” mahallasida joylashgan qurilish obyektlarining birida fuqaro tuproq ostida qolib ketgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus texnika va asbob-uskunalar yordamida fuqaroni tuproq ostidan olib chiqgan. Jabrlanuvchiga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar ma’lumotiga ko‘ra, uning hayoti xavf ostida emas. Hozirda fuqaroning ahvoli barqaror, yaqin kunlarda shifoxonadan chiqarilishi kutilmoqda, deyiladi FVV xabarida. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi qurilishda tuproq ko‘chigani haqida xabarlar tarqalgan edi. 🔰Telegram | Instagram | You Tube