TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3377

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan920Jumlah tampilan
Diposting12 Apr12/04/2026, 07.03
Isi postingan

Isi

Urgutda poyafzal sexida yongʻin sodir boʻldi Bugun, 12-aprel kuni soat 08:55 atrofida Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” MFY hududida joylashgan poyafzal ishlab chiqarish sexida yongʻin yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in ishlab chiqarish chiqindilari saqlanayotgan hududda kelib chiqqan. Voqea haqida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar berilgach, yong‘in-qutqaruv ekipajlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, yong‘inni qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida. 🔰Telegram | Instagram | You Tube