TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3378

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan918Jumlah tampilan
Diposting12 Apr12/04/2026, 13.16
Isi postingan

Isi

Samarqandda tadbirkorni noqonuniy tekshirgan Madaniy meros boshqarmasining ikki xodimi javobgarlikka tortildi Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasining ikki nafar bosh mutaxassisi tadbirkorlik subyektini tekshirish tartibini buzganligi sababli jinoiy javobgarlikka tortildi. Sud hujjatlariga ko‘ra, mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 192²-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Mazkur holatda ular qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etmagan holda tadbirkor faoliyatini tekshirgan. Sud hukmiga binoan, aybdorlarga ma’lum huquqlardan, jumladan davlat ishtirokidagi tashkilotlar, korxona va muassasalarda moddiy javobgarlik hamda mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan 1 yil muddatga mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, ularga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida, ya’ni 37 million 500 ming so‘m jarima solingan. 🔰Telegram | Instagram | You Tube