TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
← Bars | Rasmiy kanal
Bars | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #3387

@bars_rasmiy

Bars | Rasmiy kanal

Tampilan561Jumlah tampilan
Diposting16 Apr16/04/2026, 09.21
Isi postingan

Isi

Samarqandda noqonuniy “mayning ferma” fosh etildi Samarqand viloyatida yirik miqdorda elektr energiyasini noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi. Tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.N. Samarqand shahridagi uy yerto‘lasida yashirin ravishda 5 ta mayning qurilmasini tijorat maqsadida ishlatgani ma’lum bo‘ldi. U mazkur uskunalarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 794,5 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) hamda 278-9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 🔰Telegram | Instagram | You Tube